«Jahon çempionati – heç qaçon şunçaki ötmaydigan, qiyin musobaqa. Xudoga şukur, bugun oltin medalni yutib oldim. Finalgaça bölgan bahslarga juda katta tayyorgarlik körgan edik. Finalga çiqqanimdan keyin hurmatli boş vazirimiz kelib, şaxsan hurmatli prezidentimiz finalni tomoşa qiliş uçun kelişlarini aytdilar. Bu sportçi uçun juda ham katta motivatsiya. Buni eşitib, finalga çiqdim. Prezidentimiz tomoşa qilib turganda yutqazişga haqqim yöq edi», - deydi jahon çempioni Davlat Bobonov.

Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvçisi sanalmiş Bobonov bugungi kuraşlarda dastlab slovakiyalik Peter Zilkadan ustun kelgan bölsa, söng janubiy koreyalik Jyeu Op Xanni ippon evaziga mağlub etdi. Çorakfinalda esa bolgariyalik Ivaylo Ivanov ham ippon bahosi bilan taslim etildi. Murosasiz ötgan yarimfinal bahsida esa gruziyalik Laşa Bekauridan ustun kelgan özbekistonlik dzyudoçi finalga çiqib, Kristian Parlatini mağlubiyatga uçratdi.

Ma’lumot uçun, 25 yoşli sportçi Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medalini qölga kiritgan edi. 2021 yilda esa Budapeştda ötgan dzyudo böyiça jahon çempionatida kumuş medali, Bişkekdagi Osiyo çempionatida esa oltin medalga ega çiqqandi.