Toşkentda ötkazilayotgan dzyudo böyiça jahon çempionatida -90 kg vazn toifasida final yakuniga yetdi.
Hal qiluvçi bahsda Davlat Bobonov yoşlar örtasida jahon çempioni italiyalik Kristian Parlati ustidan ğalaba qozonib, oltin medalni qölga kiritdi.
E’tiborlisi, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Humo» arenaga taşrif buyurib, final bahsini bevosita tomoşa qildi.
Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvçisi sanalmiş Bobonov bugungi kuraşlarda dastlab slovakiyalik Peter Zilkadan ustun kelgan bölsa, söng janubiy koreyalik Jyeu Op Xanni ippon evaziga mağlub etdi. Çorakfinalda esa bolgariyalik Ivaylo Ivanov ham ippon bahosi bilan taslim etildi. Murosasiz ötgan yarimfinal bahsida esa gruziyalik Laşa Bekauridan ustun kelgan özbekistonlik dzyudoçi finalga çiqib, Kristian Parlatini mağlubiyatga uçratdi.
Ma’lumot uçun, 25 yoşli sportçi Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medalini qölga kiritgan edi. 2021 yilda esa Budapeştda ötgan dzyudo böyiça jahon çempionatida kumuş medali, Bişkekdagi Osiyo çempionatida esa oltin medalga ega çiqqandi.

















