Dzyudo böyiça Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov Fransiyaning «PSJ» klubi bilan şartnoma imzolab, dzyudo bahslarida uşbu klub şarafini himoya qilmoqda.

MOQ xabariga köra, özbekistonlik dzyudoçi iştirok etayotgan jamoa Çexiyada ötgan Yevropa ligasida ğalaba qozonib, Çempionlar ligasiga yöllanma olgan.

Öz tarkibiga maşhur dzyudoçilarni jamlagan Parij klubi Yevropa ligasida çempionlik şohsupasiga kötarildi va bu bilan Çempionlar ligasi yöllanmasini qölga kiritdi. -90 kg vazn toifasida tatamiga çiqqan Bobonov raqibini vazari bahosi evaziga mağlubiyatga uçratdi.

Foto: MOQ

Çexiyaning Praga şahrida ötgan Yevropa ligasida köhna qit'aning 13ta erkaklar, 4 ta ayollar klublari iştirok etdi. Erkaklar örtasidagi musobaqa finalida «Pari Sen-Jyermen» «Tsent-Jyenevev» jamoasini 4:1 hisobida yengdi.

Foto: MOQ

Şu tariqa, «PSJ» bilan şartnoma imzolagan dzyudo böyiça Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov yaqin vaqt içida klublar örtasida ötkaziladigan turnirlarda uşbu jamoa şarafini himoya qiladigan böldi. 

Ma'lumot uçun, parijliklar safida yaqinda Abu-Dabida ötgan «Katta dubulğa» turkumiga kiruvçi turnirda çempionlik şohsupasiga kötarilgan moldovalik Denis Viyeru, Alfa Jalo va afsonaviy Teddi Riner kabi dzyudoçilar ham örin olgan.