«Bugun şogirdim Davlatjon Olimpiada bronza medalini qölga kiritdi. Bu, albatta, juda katta xursandçilik. Biz uçun, vatanimiz uçun katta yutuq böldi. Mustaqilligimizning 30 yilligiga katta sovğa böldi, desam böladi. 

Davlatning yoşligini yodga oladigan bölsam, 7-sinfligida Samarqand olimpiya zaxiralari sport maktabiga öqişga ötgan. Uşbu sport maktabiga kelişi bilan şaxsan özim qabul qilib olganman. Davlat yangi kelganida juda ham nimjon, kuraşni tuşunmaydigan oddiygina bola edi. U dastlab futbolga keldim, deb öylagandi. 

Bir gal Samarqand viloyati birinçiligi bölib ötdi. 16ta tarbiyalanuvçi qölimda şuğullansa, önga yaqini medallarni yutişga erişgandi. Sovrindor böla olmaganlar safida Davlatjon ham bor edi. Yiğlab turardi, oldimga çaqirib, sen hali jahon, Olimpiada çempioni bölasan, degan edim. Davlatning özi ham köp eslaydi öşa voqeani. Çunki, unda boşqaça iqtidor sezilib turardi. Xudoga şukr, niyatlarimizga yetdik – şu bir yil içida jahon çempionati, «katta dubulğa» va Osiyo çempionatlarida sovrindor böldi. Mana Olimpiadada ham medalga erişdi. Qançalik xursandligimni söz bilan ta'riflab berişim qiyin. 

Xudo xohlasa, 2022 yilda jahon çempionati Toşkentda bölib ötadi. Davlatning özi ham köp aytadi – Toşkentdagi musobaqada, Parij Olimpiadasida oltin medal uçun bor kuçi bilan harakat qiladi. 

 - 90 kg vaznda juda kuçli sportçilar jam bölgan. Körib turibsiz, jahon çempionatida ğoliblik uçun kuraşganlar olimpiya öyinlarida bronza yölida töqnaş kelmoqda. Ispaniyalik raqibi Nikolaz Şerazadaşvili bilan 3 marta jang qilgan bölsa, barçasida yengilgandi. Olimpiadaga ketiş oldidan menga «Nurali aka, şu turnirda ispaniyalik dzyudoçini yengişim kerak. Uni yengmasam, yaxşi natija qayd eta olmayman», degan edi. Bronza medali uçun hal qiluvçi bahsda bel olişgan Mixael Zgankka ham 2 marotaba imkoniyatni boy bergandi. Bu gal ğalabaga erişdi. 

Olimpiadaning öziga xos bosimi ham bor. Bu turnirda taxminan, 18 nafar teng kuçli sportçilar iştirok etmoqda. Qaysi biri neçançi örinni band etişini oldindan aytib bölmasdi. Kim ruhiy tomondan kuçliroq bölsa, öşa yaxşi örinlarni olmoqda. Davlatdan Tokioda ham oltin medal kutgandik. Gruziyalik Laşa Bekaurini Dyusseldorfdagi «katta dubulğa» turnirida mağlub etişga erişgandi. Afsuski, bu gal omad raqib tomonda böldi. Hakamlar Davlatni boşi bilan tatamiga tuşdi deb öylab, dzyudo tilida aytganda xansoki berib, bahsdan çetlatişdi. Fikrimça, buning uçun asoslar yetarli emasdi. Ammo bugunça nasib qilgani bronza ekan. Bu ham yomon natija emas.