27 iyul kuni Sudoçe kölidagi qamişzor yonib ketdi. Bu haqda «Sudoçe-Aqpetkey» davlat buyurtma qöriqxonasi xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, Qönğirot tumanida joylaşgan Sudoçe köli hududida 27 iyul kuni 15:00 lar atrofida yonğin sodir bölgan. Qönğirot tuman inspeksiyasi va «Sudoçe-Aqpetkey» davlat buyurtma qöriqxonasining davlat inspektorlari voqea joyiga yetib borgan.

Ta'kidlanişiça, yonğin sodir bölgan yerda qamiş ösadi, holat köl örtasida sodir bölgani sababli uni öçirişning iloji bölmagan.

Qayd etilişiça, yonğin havo harorati anomal darajada keskin kötarilib, qattiq isib ketişi sababli kelib çiqqan.

Ma'lumot uçun, 50 ming gektardan oşadigan Sudoçe köllar tizimida 240 ga yaqin turdagi minglab köçmançi va doimiy yaşovçi quşlar mavjud. Qoraqalpoğistonning Möynoq va Qönğirot tumanlaridagi Sudoçe köliga öxşaş köllarda har yili yonğin sodir bölib turadi.

Eslatib ötamiz, bundan oldin Beruniyda reklama monitori yonib ketgandi. Avvalroq esa Törtkölda rezina işlab çiqariş sexida yonğin sodir bölgandi.