Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori fuqaroni kaltaklab o‘ldirgani aytilgan xabar yuzasidan IIV rasmiy izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Baxtiyar Dauletmuratov Taxiatosh tumani IIB profilaktika inspektori Salamat Baymuratov tomonidan olib ketilib, tuman IIBda tan jarohati yetkazilgani sababli vafot etgani haqida xabar tarqaldi.

Foto: KUN.UZ
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 23 may kuni soat 11:00 da Taxiatosh tumani IIB navbatchilik qismiga o‘zini Ramazon ko‘chasida yashovchi G. deb tanishtirgan fuqaro qo‘ng‘iroq qilgan. U 7-uyning oldida bir mast fuqaro yotganini aytgan. Xabar yuzasidan voqea joyiga huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori kapitan Salamat Baymuratov yetib borgan.
Kapitan Ramazon ko‘chasiga borganida o‘zini B.T. deb tanishtirgan mast fuqaroni tibbiyot birlashmasiga olib borib shifokor ko‘rigidan o‘tkazib, B.T.ning mastligi va jarohati haqida «alkogolnoye opyaneniye, ushib legkix, rana levoy brovnoy oblasti» deb ma'lumotnoma olingan.
Kapitan S.Baymuratov fuqaro B.T.ni bo‘limning navbatchilik bo‘limiga olib kelib topshirib, bu voqea yuzasidan bo‘lim boshlig‘i nomiga bildirgi bilan axborot bergan. Fuqaro B.T. bo‘limning hushyorlik xonasida sog‘ligi yomonlashgani sababli shu kungi navbatchilik qismi navbatchisi tomonidan tez yordam chaqirilib, kasalxonaga yuborilgan.
Keyinchalik fuqaroning shaxsi surishtirilganda, Taxiatosh tumanida yashovchi B.D. ekani aniqlangan. 28 may kuni fuqaro uning opasi S.D. Taxiatosh tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, ukasini profilaktika inspektori kapitan S.Baymuratov urib tan jarohat yetkazganini ko‘rsatgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilib, 28 iyun kuni kapitan S.Baymuratovning xatti-harakatlarida hech qanday qonunbuzilish holatlari aniqlanmagani to‘g‘risida xulosa qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha yuqoridagi holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv boshlanganini, jarayon shaxsan Qoraqalpog‘iston prokurori nazoratida turgani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:04
-
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
Jahon | 20:02
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
-
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

19:36 / 14.03.2025
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida

19:19 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi

15:34 / 28.02.2025