«Bizni xavotirga solayotgan narsa, ayni paytdagi inflyatsion kutilmalar. Markaziy bank har oyda respublika böyiça aholi va tadbirkorlarning kutilmalar böyiça fikrini örganadi.

Yil boşidan beri bu körsatkiç 16 foiz atrofida şakllanyapti. Masalan, iyun oyida aholining kutilmalari 16,3 foizni taşkil qildi. Buning xavotirli tomoni doimiy ravişda kutilmalar baland şakllanib qoladigan bölsa, bu makroiqtisodiy körsatkiçlar böyiça ma'lum nomutanosibliklarni keltirib çiqarişi mumkin.

Sodda tilda tuşuntirib aytadigan bölsak, iqtisodiyotdagi biror işlab çiqarilayotgan mahsulotga boşqa omil ta'sir qilmasligi mumkin, lekin sotuvçi yoki işlab çiqaruvçilarning kutilmalaridan kelib çiqib narx-navo oşadi. Kutilmalar pasaymayotganining asosiy sababi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari yuqori bölayotgani bilan boğliq, çunki bu odamlarning qaror qabul qilişida bevosita ta'sir körsatadigan asosiy omil hisoblanadi.

Ikkinçi yana bir muhim omil, kutilmalarning pasayişida milliy valuta almaşinuv kursining örni ham muhim. Şu nuqtayi nazardan, hukumat va Markaziy bank tomonidan inflyatsion kutilmalarni pasaytiriş uçun bevosita çoralar körib boriladi.

Bugungi kundagi yana bir muhim omil — inflatsiya darajasi. Biz yilning boşidagi prognozlarimizda inflatsiyani 9-10 foizga tuşiramiz deb aytganmiz. Bu prognozlar özgarişsiz qoldi va yil oxirigaça inflatsiya 10 foiz yoki undan past darajagaça tuşiriladi», – dedi Behzod Hamroyev.