Uzbeklife xorijdagi vatandoşlar bilan intervyularni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoşimiz Sanjar Mahkamov Germaniya Weihenstephan-Triesdorf amaliy fanlar universitetida xalqaro agrar menejment mutaxassisligi böyiça magistr darajasini egallagan.

U nemis qişloq xöjaligi yutuqlari, qişloq hayoti va turmuş tarzi haqida hikoya qilib berdi.

«Yoşlikdan agronomlikka qiziqiş bölgan»

Germaniyaga ilk marta 2009 yilda kelganman, u vaqtlarda Toşkent Irrigatsiya instituti talabasi edim va talabalik amaliyotini şu davlatda ötkazdim. 2010 yil Özbekistonga qaytdim.

Özim asli Jizzax viloyati Foriş tumanida tuğilib ösganman. Yoşligim olis toğlar bağrida ötgan desam ham böladi. Biz tomonlarda suğoriladigan maydonlar yöq, barçasi lalmi yerlar va çorvaçilik uçun juda qulay maydonlar hisoblanadi. Özbekistonda qişloqda ösgan inson borki, u albatta, yo çorvaçilik, yoki dehqonçilikdan xabardor bölib ösadi. Köpinça kelajak kasbini ham şunga yaqin sohalarda davom ettiradi. Men ham yoşlikdan agronomlikka qiziqiş va dunyo körişga bölgan havas tufayli bakalavrdagi muvaffaqiyatli tahsildan söng öqişni xorijda davom ettirişga qaror qildim.

Öqişni tamomlab, magistraturada ta'lim oliş uçun yana Germaniyaga keldim va Germaniya Weihenstephan-Triesdorf amaliy fanlar universitetida xalqaro agrar menejment mutaxassisligi böyiça magistr darajasini oldim. Magistr darajasiga erişib, şu yerda qişloq xöjaligida iş boşladim.

«Aholining ikki foizigina qişloq xöjaligi sohalarida işlaydi»

Qariyb 8 yildan beri agronom sifatida işlab kelaman va ayta olamanki, ikki davlat qişloq xöjaligi, yerga munosabat tamoman farq qiladi. Bu nimalarda körinadi? Birinçidan, Özbekistonda haligaça qöl mehnati asosiy örinda turadi; bu yerda esa texnikalar qişloq xöjaligini egallab bölgan, keng kölamda foydalaniladi. Töğri, qulupnayni maşina tera olmasligi mumkin, lekin umuman, qişloq xöjaligini texnikasiz tasavvur qilib bölmaydi. Bunga olib kelgan omillar va ehtiyoj ham bor, albatta, masalan, jadal sanoatlaşuv, industriyaning rivojlanişi işçi kuçiga bölgan talabni oşirgan. Aholining atigi 2 foizi qişloq xöjaligi va şunga oid sohalarda işlaydi, lekin samaradorlik öta yuqori.