BBC manbasi xabar qilişiça, jangarilar Hirot, Laşkargoh va Qandahor şaharlari atrofidagi hududlarga kirişgan.
«Tolibon»ning afğon armiyasi pozitsiyalariga hujumga ötişi AQŞ harbiylari Afğonistonni tark etişga kirişişi bilan boşlangandi va ötgan haftalar davomida köplab hududlar toliblar nazoratiga ötdi.
Turli baholarga köra, harakat mamlakat hududining 50 foizini nazorat qilmoqda (toliblarning özi esa Afğonistonning 80 foizi egallanganini aytişadi), ammo ular şu vaqtgaça biror yirik şaharni egallaşga muvaffaq bölişmagan.
Toliblar ötgan haftada mamlakat çegaralarining 90 foizlik qismida nazorat örnatilganini ma'lum qilgandi. Kobuldagi hukumat esa buni rad etgan.
«Bu heç qanday asosga ega bölmagan iğvo», degan «Frans press» agentligiga Afğoniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Favad Aman va hukumat kuçlari çegaralarda nazoratni saqlab qolayotgani, asosiy şaharlar va ularni boğlovçi yöllar ham rasmiylar nazoratida ekaniga işontirgandi.
Öz navbatida toliblar Eron, Pokiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan çegaralardagi muhim nazorat-ötkaziş punktlari egallangani haqida ma'lum qilgan.
Qandahordagi qoçqinlar uçun lagerlarda ayni vaqtda 11 mingga yaqin oila yaşamoqda. Afğon parlamenti a'zosi Gul Ahmad Kamin BBC bilan suhbatda uşbu şahar ekstremistlar qöliga ötişi ehtimoli real holatga aylanayotganini qayd etgan.
Kaminning sözlariga köra, «Tolibon» Qandahorni özining vaqtinçalik poytaxtiga aylantirişni möljallagan. Agar bu şahar boy berilsa, Kobuldagi hukumat mamlakat janubi-ğarbidagi yana beş-olti viloyat ustidan nazoratni ham qöldan çiqaradi. Kaminning qöşimça qilişiça, 20 yildan buyon bu şahar uçun hozirgidek şiddatli janglar olib borilmagandi.
Uning sözlariga köra, jangarilar şaharga bir neça tomondan hujum qilmoqda, agar ular himoyani yorib ötişsa, armiya tinç aholi orasida qurbonlar bölmasligi uçun ularga qarşi oğir artilleriya qöllay olmaydi.

Afğoniston şimoli-ğarbidagi




















