58 soniyada xaloskor gol
Ispaniya – Kot-d`Ivuar 5:2
Gollar: 0:1 – 10 Bayi, 1:1 – 30 Olmo, 1:2 – 90 Gradel, 2:2 – 90 Rafa Mir, 3:2 – 98, penalti Oyarsabal, 4:2 – 117 Rafa Mir, 5:2 – 120 Rafa Mir.
Ispaniya U-23 – Unai Simon, Mingesa (Valexo, 10), Erik Garsiya, Miranda (Kukurelya, 105), Pau Torres, Pedri (Soler, 102), Subimendi (Monkayola, 105), Asensio (Hil, 68), Olmo, Oyarsabal, Merino (Rafa Mir, 90).
Kot-d`Ivuar U-23 – Tape, Diallo, Bayi, Dabila, Singo, Kessie, Kuassi (Kuao, 114), Gradel, Kuame (Keyta, 90), Dao, Timit (Diallo, 63).
Ogohlantirishlar: Olmo (70), Dabila (74), Erik Garsiya (77), Soler (114).
Olimpiya turniri qizg‘in bahslar bosqichiga o‘tdi. Tribunalarga muxlislar ham qaytdi, yuzaga kelgan muhit o‘yin sifatiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Shanba kuni o‘tkazilgan ilk o‘yin Yaponiyadagi o‘yinlarning eng yaxshisi bo‘ldi va buning uchun ivuarliklardan minnatdor bo‘lish kerak. Ularga qadar hech bir jamoa, Argentina ham ispanlarga qarshi jiddiy muammo yarata olmagandi.
Tanaffusga qadar Unai Simon ikkita top darajadagi seyvlar ijro etib, jamoasini muqarrar gollardan qutqardi, ammo baribir Bayiga xalal bera olmadi. «MYu» himoyachisi burchak zarbasidan keyin hisobni ochdi, bu vaqtda «Qizil furiya» Mingesa jarohatlanib o‘yinni tark etganidan keyin joylarni qayta taqsimlashga ulgurmagandi. Ammo tanaffus arafasida Dani Olmo baribir nishonni to‘g‘ri ola bildi. Yevro-2020 boshidan buyon ushbu ispaniyalik futbolchi raqiblar darvozalari tomon jami 27 zarba yo‘llagan, ammo ulardan birortasi golga aylanmagandi, ammo raqib darvozabon hududida unga ko‘kragi bilan to‘pni tashlab berganida bu vaziyatdan gol urmaslikning iloji qolmagandi.
Keyin Ispaniya yana jar yoqasida harakat qildi. Barselonalik vunderkind Pedri ko‘plab hujumlar uyushtirdi, ammo uning jamoadoshlari vaziyatlardan foydalanishda oqsashda davom etdi. Ko‘plab zarbalar xato berildi, Oyarsabal urgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi, Asensioning zarbasi darvoza ustuni va to‘sin birlashgan nuqtadan qaytdi... Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqalarida esa Oyarsabalning yaqin masofadan darvozabonni mo‘ljalga olishi ispanlarga bu kechada omad kulib boqmasligini ko‘rsatgandek edi. Qarshi hujumda Gradelning zarbasi yo‘l-yo‘lakay Valexoga tegib rikoshet orqali darvozaga yo‘l oldi, Simon bu vaziyatda qutqara olmasdi.
Favoritning halokatini zaxira o‘rindig‘idan ko‘tarilgan Rafa Mir bekor qildi, u maydonga tushib birinchi bor to‘pga teginishidayoq hisobni tenglashtirdi, bu vaqtda u maydonga tushganiga 58 soniya bo‘lgandi! Bu vaqtda asosiy vaqtga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqa ham poyoniga yetayotgandi, qo‘shimcha bo‘limlarda esa Ispaniya guruh bosqichida amaldagi vitse-chempion Germaniyani uyiga ravona qilgan raqibni butkul taslim etdi. 98-daqiqada to‘p uchun kurash vaqtida Bayi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi, videotakrordan keyin hakam nuqtani ko‘rsatdi va Oyarsabal jamoasini oldinga olib chiqdi.



















