Yoqutistondagi Kubay qişloğida örmon yonğinlaridan çiqqan tutun natijasida kunduzi xuddi tundagi kabi zimistonga aylandi. Uşbu holat tasvirlangan video 14news Telegram-kanalida joylaştirildi.

Lavhada qoronği osmon va kul yoğayotgan yöl tasvirlangan. Kanalning xabar berişiça, video 2 avgust soat 15:00da olingan. 

News.Ykt.Ru öquvçilarining ma'lum qilişiça, soat 17:00da Bagadya qişloğida ham quyoş körinmay qolgan.

Avvalroq Yoqutiston Respublikasida 1,5 mln gektardan ortiq örmon yonayotgani xabar qilingandi.

Ma'lumot berilişiça, örmon yonğinlari hatto kosmosdan ham köringan.