Şimoliy Makedoniya hukumati yirik örmon yonğinlari sababli bir oyga inqirozli vaziyat rejimini joriy etdi, deb xabar berdi TV24.
Ma'lumotlarga köra, mamlakatda 10ta yirik örmon yonğini qayd etilgan. Eng jiddiy yonğinlar Pexçevo va Delçevo rayonlarida kuzatilmoqda. Bu yerlarda aholi uylari kuyib kul bölgan.
Mamlakatda yonğinga qarşi kuraşga barça kuçlar: öt öçiruvçilar, harbiylar, kommunal soha va örmon xöjaligi xodimlari, köngillilar safarbar qilingan. Serbiya va Bolgariyadan öt öçiruvçilar yordamga yetib kelgan.
Şuningdek, Sloveniyadan 46 nafar öt öçiruvçi va 16ta maxsus maşina kelişi kutilmoqda.
«Vaziyat har soatda özgarmoqda. Oldindan biror narsa deyiş qiyin, çunki quruq va yuqori harorat hamda şamol olovning tez tarqalişi va yönalişini özgartirişiga sabab bölmoqda», — dedi inqiroz markazi vakili Stoyanse Angelov.


















