Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazlari töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Markazlar, jumladan, qarovsiz bolalarning şaxsini aniqlab, ularning öqişi va xulq-atvori, oilasidagi muhitini hamda qarovsiz qolişiga sabab bölgan omillarni örganadi.

2021 yil 1 sentyabrdan voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlar tomonidan – ta'lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan – xizmat hududida, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari tomonidan – oilalarda qarovsiz bolalar aniqlanadi.

Voyaga yetmagan şaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu töğrisida profilaktika inspektoriga xabar beradi.

Profilaktika inspektori bola qarovsiz qolganligi töğrisida xulosaga kelsa, tegişli tartibda bolani Markazga qabul qiliş haqida yöllanma tayyorlanadi.

Şunga köra, Markaz xodimlari 5 soat içida bolani qabul qilib oladi va Markazga joylaştiradi. Markaz tomonidan 48 soat içida qarovsiz bolaning şaxsi aniqlanadi. Bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho beriş natijasiga köra ijobiy xulosaga kelinsa, bola ota-onasi (ota-ona örnini bosuvçi şaxslar)ga topşiriladi.

Markaz yöllanmasiga köra, bola tegişli ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasasiga sinov va imtihonlarsiz öqişga qabul qilinadi. Öqiş xarajatlari respublika budjeti hisobidan amalga oşiriladi.  

Professional yoki OTMga öqişga kiriş istagi bölmagan yoki öqişga kira olmagan qarovsiz voyaga yetmagan bola 1 oy içida hududiy mehnat organlari tomonidan işga joylaştiriladi.

2021 yil 1 noyabrgaça “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimi işlab çiqiladi.