Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida tadbirkorga auksion savdolarisiz bino olib berishni va'da qilgan sobiq mutaxassis ushlandi
U tez tibbiy yordam bo‘limi binosini auksion savdolarisiz olib berish evaziga 15 000 AQSh dollari so‘ragan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, rasmiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Xo‘jaobod tumani filiali sobiq mutaxassisi Z.A. tadbirkor A.ga tanishlari orqali tumandagi oldingi tez tibbiy yordam bo‘limi binosini auksion savdolarisiz egalik huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib olib berish evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Asaka tumanida 40 500 AQSh dollariga fermer xo‘jaligidagi yerni sotib yuborgan firibgar qo‘lga olinganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:41 / 06.07.2026
SSV: Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi
10:45 / 06.07.2026
Andijonda soxta «keshbek» sxemasi fosh etildi
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026