Jahon | 08:49 / 06.08.2021
3040
1 daqiqa o‘qiladi

Haiti hukumati prezidentning o‘ldirilishini tergov qilishda BMTdan yordam berishni so‘radi

Haiti hukumati BMTdan prezident Jovenel Moizning o‘ldirilishi bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilishida yordam berishni so‘radi. Moiz 7 iyulda o‘z qarorgohida bir guruh yollanmalar tomonidan o‘ldirilgandi

Haiti hukumati bu maqsadda 3 avgustda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish nomiga maktub yo‘llagan. Hukumat a'zolarining ta'kidlashicha, Moizning o‘ldirilishi xorijliklar tomonidan amalga oshirilgani, rejalashtirilgani va moliyalashtirilgani sababli xalqaro darajadagi jinoyat hisoblanadi. Qotillikni tergov qilish bo‘yicha xalqaro komissiya tuzilishidan tashqari, hujum qilganlarga jazo hukmi chiqarish bo‘yicha maxsus sud ham tashkil etilishi taklif qilingan.

Hozirda qotillikka aloqadorlikda gumonlanib 23 kishi, jumladan 18 kolumbiyalik va 5 haitilik qo‘lga olingan.

Ayni vaqtda Haitida favqulodda holat rejimi amal qilmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid