6 avgust kuni Turkmanistondagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uçinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötdi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qilgan sammitda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, şuningdek, BMT boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markaz rahbari Natalya German iştirok etdi.
Uçraşuv yakunlari böyiça Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qöşma bayonoti e'lon qilindi.
Bayonotda prezidentlar mintaqa davlatlarining «Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona töğrisida»gi şartnomani amalga oşiriş böyiça faol hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.
Şuningdek, tomonlar Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni saqlaş va mustahkamlaşning muhim omillaridan biri qöşni Afğonistondagi vaziyatning tezroq barqarorlaşişi ekanligini qayd etdi. Prezidentlar afğon jamiyatida tinçlik va kelişuvga erişilişiga kömak berişga tayyorligini bildirdi.
Ular barça manfaatdor davlatlar va xalqaro taşkilotlarning Afğonistonda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklaş hamda uning jahon xöjalik munosabatlariga jalb etilişiga qaratilgan sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşlarini ma'lum qildi.
Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Avazada dolzarb masalalar yuzasidan qator takliflarni ilgari surgani xabar qilingandi.

















