Özbekiston Qozoğistonning Turkiston şahrida beş ming kişilik yangi masjid qurmoqda. Qayd etilişiça, yangi masjid 2022 yilda foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Turkiston viloyati hokimligi masjid şaharga kiraverişda qurilayotganini ma'lum qilgan.

“Arxitekturasi öziga xos bölgan islom markazining içki va taşqi tarafi şarqona uslubda bezalmoqda. Loyihada dunyoning eng yaxşi tajribalari hisobga olingan. Masjid poydevorini mustahkamlaş uçun öziga xos texnologiya işlab çiqilgan”, deyiladi Turkiston viloyati hokimining matbuot xizmati xabarida.

Ta'kidlanişiça, masjidning umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Yangi masjid Özbekiston tomoniga qançaga tuşişi va quriliş xarajatlari qaysi moliyaviy manbalar hisobidan qoplanişi haqida tafsilotlari hozirça ma'lum emas.

Özbekiston Turkiston şahrida masjid qurişi haqidagi ilk xabar 2019 yilda paydo bölgan. Turkiston viloyati hokimligining rasmiy saytida yangi inşootning tamal toşi qöyilgani, unda Özbekiston va Qozoğiston rasmiylari iştirok etgani ma'lum qilingan.

Özbekiston musulmonlari idorasining qozoq OAVga tayanib xabar berişiça, majmuada diniy marosimlarni ötkaziş binosi, kongress zali, 180 örinli madrasa, kutubxona, oşxona, sport maydonçalari, 50 örinli avtoturargoh barpo etiladi.