Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiston şahriga amaliy taşrifini yakunlab, Toşkentga jönab ketdi.

Özbekiston yetakçisi Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida iştirok etib, unda muhim taşabbuslarni ilgari surdi, taşkilot doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirişning ustuvor yönalişlarini körsatib ötdi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev hamrohligida Özbekiston tomonidan barpo etilgan masjidni borib kördi hamda delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda Turkistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanişdi.
Sammit doirasida Özbekiston rahbari Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdöğan va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uçraşuvlar ötkazdi.



















