Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda abituriyent ayolni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan OTM o‘qituvchisi ushlandi
Samarqandda abituriyent ayolni 4 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan oliy ta'lim muassasasi o‘qituvchisi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand Davlat arxitektura va qurilish institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi shaxs Past Darg‘om tumanida yashovchi 33 yoshli ayolga 4000 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, oldindan 1800 dollar berishini so‘ragan.
Abituriyent ayol 12 iyul kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, o‘zini oliygoh o‘qituvchisi deb tanishtirgan ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, Samarqand shahrining Navoiy shohko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan va unda oliygoh o‘qituvchisi arizachidan 1800 dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026