Qayd etilişiça, Qonunçilik palatasi tomonidan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonuni loyihasi işlab çiqildi.

“Oliy Majlis deputatlari nafaqat qonun ijodkorligi bilan şuğullanişi, balki öz saylov hududida elektorati bilan tizimli muloqotni yölga qöyib, muammolarni aniqlaş va tezkor yeçim topişda ham mas'ul bölmoği lozim. Çunki deputat saylovçilari oldida hisobdor.

Lekin Qonunçilik palatasi deputatlari har doim ham bu vazifani töla bajariş imkoniyatiga ega emas. Bu deputat bilan saylovçilar örtasida yaqin aloqani yölga qöyiş maqsadida deputat yordamçisi institutini joriy etiş zaruratini tuğdirmoqda”, deyiladi ma'lumotda.

Bildirilişiça, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi yiğilişida deputatlar uşbu qonun loyihasini muhokama qildi.

“Siyosiy partiyalar töğrisida” hamda “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi töğrisida”gi qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda. Ya'ni, deputat yordamçisiga qöyiladigan talablar, vazifalar, işga qabul qiliş va mehnatiga haq tölaş, ular tomonidan amalga oşiriladigan normalar belgilanmoqda.

Unga köra, deputat yordamçisi deputatning vakili sifatida saylov okrugida doimiy faoliyat yuritadi va u deputat bilan yaqin qarindoş va sudlanmagan bölişi lozim. Unga haq tölaş siyosiy partiya mablaği hisobidan amalga oşiriladi. U saylovçilarni Qonunçilik palatasidagi deputati faoliyatidan, öz navbatida deputatni saylov okrugida yuz berayotgan voqealar, fuqarolar murojaati, mahalliy ijro hokimiyati qarorlaridan xabardor qilib turadi.

Fraksiya a'zolari yangi institut deputatlar faoliyati samaradorligini ta'minlaşi bilan birga odamlar oğirini yengil qilişdagi ahamiyatini e'tiborga olib, uşbu qonun loyihasini ma'qulladi.