Sportchilar va rasmiy delegatsiya joy olgan samolyot soat 20:00da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishi rejalashtirilgan.

Bayramona kutib olish tadbirida, jumladan, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etishi kutilmoqda.

Marosimda sovrindor sportchilarning ota-onalari ham so‘zga chiqishi reja qilingan. Yulduz Usmonova, Yodgor Sa'diyev va Ozodbek Nazarbekov kabi san'atkorlar tadbirga taklif etilgan.

Avvalroq, medal bilan qaytayotgan sportchilarga prezident sovg‘asi sifatida «Tahoe» va «Trailblazer» avtomobillari hozirlanayotgani videosi tarqalgandi.

Tribuna.uz ma'lumotiga ko‘ra, sovrindorlarga avtomobildan tashqari xonadon kalitlari ham topshiriladi.