Yoqutistondagi örmon yonğinlari tutuni Qozoğistonning şimoli-şarqiy hududlariga tarqaldi, deb xabar berdi Qozoğiston gidrometeorologiya markazi.

Meteorologlarning ma'lumot berişiça, 9-10 avgust kunlari Şarqiy Qozoğiston oblasti hududidagi atmosfera havosida dioksid azot miqdori me'yordagidan ortiq bölgan.

Ötgan haftada Yoqutistondagi yonğinlardan çiqqan tutun Pavlodar oblastini qamrab olgani xabar qilingandi.

Hozirda Yoqutistonda 69ta örmon yonğinini öçirişga urinişmoqda. Respublikada hududiy favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan.