Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida spirtli içimlik ta'sirida bölgan haydovçi maşina boşqarib, odam urib yuborgan. Oqibatda piyoda oğir tan jarohatlari olib vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 10 avgust kuni soat 00:15 larda M41 Bişkek-Duşanbe-Termiz xalqaro avtomobil yölining Qumqörğon tumani Ajdarsoy mahallasi hududidan ötuvçi 1539-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Nexia-3 maşinasi haydovçisi harakatlaniş jarayonida boşqaruvni yöqotib, yölning qarama-qarşi yönalişida ketayotgan erkakni urib yuborgan. Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan piyoda vafot etgan.
Dastlabki suriştiruv va ekspertiza natijalariga köra, haydovçi spirtli içimliklar ta'siri ostida mast bölgan. Şuningdek, vafot etgan şaxsning turmuş örtoği avvalroq vafot etib, qaramoğida 5 nafar farzandi borligi ma'lum bölgan.
Surxondaryoda mast haydovçi urib yuborgan piyoda vafot etdi
Surxondaryoda «Neksiya» haydovçisi uxlab qolib YTH sodir etdi. Bir kişi halok böldi

















