Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 2 000 dollar evaziga fuqaroni OTMga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Buxoroda OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahrida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan N.O‘. o‘zga bir fuqaroni aldab, undan singlisi A.T.ni Buxoro davlat universitetining xorijiy filalogiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2 000 AQSh dollari oladi. Firibgar olgan pulini shaharning “Karvon” buyum bozori oldida qaytarib berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan N.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritishni va'da qilib, firibgarlik qilgan ikki nafar talaba qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:16 / 08.01.2026
Uchtepa tumani hokimligi xodimi 3 ming dollar bilan ushlandi
14:48 / 08.01.2026