Boş prokuratura Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi boğçada 25 nafar bola zaharlangani holati yuzasidan jinoyat işi qözğatilganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uçun, 2 avgustdan 11 avgustgaça intoksikatsiya sindromining klinik körinişlari bölgan tarbiyalanuvçilar Toşkent pediatriya instituti klinikasi, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, Toşkent 1-şahar yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasi, Toşkent viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi va Oqqörğon tumani yuqumli kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgan.

12 avgust holatiga köra, 6 nafar tarbiyalanuvçi oğir holatda jonlantiriş bölimida davolanmoqda, şundan bir nafar tarbiyalanuvçi öpkaning sun'iy nafas beriş moslamasi (IVL)ga ulangan bölib, öta oğir holatda qolmoqda. Qolgan 19 nafar tarbiyalanuvçining holati örtaça oğir deb baholangan. Kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvçilardan bakteriologik tekşiruv ötkaziş uçun tahlillar olingan va laboratoriyaga yuborilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan konsilium ötkazilib, kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvçilarga klinik körinişlariga köra botulizm taşxisiga gumon qilingan.

Oqqörğon tumanida boğça tarbiyalanuvçilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.