Qöşni Afğonistonda «Tolibon» hokimiyatga kelişi ortidan avvalgi hukumat rahbarlari, amaldorlar, harbiy xizmatçilar va tahdid ostidagi fuqarolar mamlakatdan çiqib ketişga urinmoqda. Tinç aholi vakillarining aksari qoçqin maqomini oliş uçun Ğarb va qöşni davlatlarga yöl olişni közlagan, toliblarga qarşi kuraşgan harbiylar esa çegarani noqonuniy yöl bilan kesib ötib bölsa-da, jon saqlaşga urinmoqda.
Bu kabi holatlar Afğonistonning asosan etnik özbeklar yaşaydigan şimoliy qismi – Özbekiston bilan 137 kilometrlik çegara hududida ham sodir bölmoqda.
Dastlab, «Tolibon» harakati 14 avgust kuni Termizdan 58 km janubdagi Mozori Şarif şahrini egallagaç, Afğoniston armiyasining bir guruh kuçlari Amudaryo ustidan ötuvçi, Termiz şahriga olib boruvçi Hayraton köprigida Özbekistonga kiriş ilinjida töplandi. Taşqi işlar vazirligi töplanganlar muzokaralar va tuşuntirişlar yöli bilan tarqatib yuborilganini bildirdi.
15 avgust kuni Afğoniston prezidenti va bir qança yuqori lavozimli amaldorlar ham mamlakatni tark etdi, «Tolibon» poytaxt Kobulni egalladi. Şu kuni Afğoniston bilan çegaradoş Surxondaryo viloyatida Afğoniston armiyasiga tegişli harbiy samolyot urib tuşirilgani haqida xabar tarqaldi.
16 avgust kuni Boş prokuratura jami 585 nafar afğon harbiysi 22ta harbiy samolyot va 24ta harbiy vertolyot orqali Özbekistonga noqonuniy kirib kelgani, bu jarayonda Afğonistonning «Embrayer-314» samolyoti Özbekistonning «MiG-29» rusumli samolyoti bilan töqnaşib ketgani, holat böyiça bevosita boş prokuror tomonidan jinoyat işi oçilgani haqida ma'lum qildi. Lekin oradan köp vaqt ötmay Boş prokuratura rasman raddiya berdi









