Özbekiston Respublikasi prezidentining «Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida»gi farmoni imzolandi.
Farmonga köra:
- mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 822 000 söm;
- bazaviy hisoblaş miqdori – oyiga 270 000 söm;
- pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 söm;
- yoşga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 söm;
- bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 söm;
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 söm;
- iş staji töliq bölmagan çoğdagi pensiyalarning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 söm;
- belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 sömgaça, pensiya oluvçilarning yoşga doir va nogironlik böyiça pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 söm etib belgilandi.
Şuningdek, 1941–1945 yillardagi uruş nogironlari va qatnaşçilari, şuningdek, faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan şaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 söm etib belgilanadi.
Bundan taşqari, boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 söm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölanadi.
Boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 söm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun 165 000 sömdan qöşilişi belgilanadi.

















