Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabz shahar hokimining tadbirkorga istirohat bog‘i qurish uchun yer ajratish haqidagi qarori viloyat komissiyasida rad etildi
Shahrisabz shahar hokimining tadbirkorga istirohat bog‘i qurish uchun yer ajratish haqidagi qarori Qashqadaryo viloyat hokimligi qoshidagi komissiya tomonidan rad etilgan. Bu haqda tadbirkor ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilgan murojaatida ma'lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, 2021 yil 15 aprelda Shahrisabz shahar hokimi tomonidan «Shahrisabz shahar Namaton mahallasi hududidan «Zoosirk» xususiy korxonasiga davlat-xususiy sheriklik asosida istirohat bog‘ini qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida»gi 19-4-209-Q/21-sonli qaror qabul qilingan. So‘ng shahar hokimligi 2021 yil 28 apreldagi 1-05/98-sonli xat bilan qarorni viloyat hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun murojaat qilgan.
Mazkur murojaat viloyat hududida yuridik va jismoniy shaxslarga yer ajratish masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasi a'zolari ishtirokida 2021 yil 19 may kuni ko‘rib chiqilgan.
Qayd etilishicha, «Zoosirk» xususiy korxonasiga Shahrisabz shahri, Namaton mahallasi hududidan ajratilishi belgilangan 2,5 gektar yer maydoni Guliston massivining 52-q konturida joylashgan bo‘lib, 66 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydonini tashkil qiladi.
Prezidentning 2019 yil 17 iyundagi «Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5742-sonli farmonining 5-bandida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarga, shu jumladan sanoat va fuqarolik obektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarori bilan 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi belgilangan.
Ta'kidlanishicha, prezidentning tegishli farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibga zid ravishda qabul qilinganligi sababli Shahrisabz shahar hokiminining 2021 yil 15 apreldagi «Shahrisabz shahar «Namaton» MFY hududidan «Zoosirk» xususiy korxonasiga davlat-xususiy sheriklik asosida istirohat bog‘i qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida»gi 19-4-209-Q/21-sonli qarori komissiya a'zolari tomonidan rad etilgan.
Komissiya xulosasiga asosan viloyat hokimligining 2021 yil 21 maydagi 06/1456-sonli xati bilan Shahrisabz shahar hokimiga «Zoosirk» xususiy korxonasiga sug‘orilmaydigan yoki qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlarini ajratish ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
10:15 / 14.09.2025
Qashqadaryoda o‘quvchi bolani mashina bosib ketishiga sal qoldi
15:09 / 23.02.2025
Qashqadaryoda ma’muriy jarimadan jahli chiqqan haydovchi YPX mashinasining oynalarini sindirdi
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025