Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida öğrilik qilgan şaxslarga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2020 yil 21 oktabr kuni Çiroqçi tumani «Çambil» MFYda yaşovçi fuqaro Ş.N. tuman IIO FMB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U öz murojaatida 2020 yil 20 oktabr kuni tundan 21 oktabr tonggaça noma'lum şaxs Çambil qişloğida joylaşgan savdo dökoni eşigi qulfini buzib, temir seyf içida bölgan pullari, onlayn hisoblagiç apparati va qarz daftari, jami 20 million sömlik narsa hamda buyumlarini öğirlab ketganini bildirgan.
Qayd etilişiça, jinoyat yuzasidan olib borilgan suriştiruvlar davomida uşbu öğrilikni fuqarolar B.D. va B.R.lar sodir etganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Çiroqçi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Bundan taşqari, Şahrisabz tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan ham B.R. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. B.R. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
2020 yil 4 dekabr kuni Çiroqçi tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi iş yurituvidagi B.R. va boşqalarga nisbatan bölgan jinoyat işi Şahrisabz tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi iş yurituvidagi jinoyat işiga birlaştiriş uçun yuborilgan.

















