O‘zbekiston | 14:04 / 19.08.2021
4628
2 daqiqa o‘qiladi

Urgutda guruh bo‘lib bezorilik qilgan va fuqarolarga tan jarohati yetkazgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Urgut tumanida guruh bo‘lib bezorilik qilgan va fuqarolarga tan jarohati yetkazgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 28 iyul kuni Urgut tumani Pastki Qayroqli mahallasida yashovchi M.M., «Damas» mashinasida o‘zining tanishlari bilan, Kamangaron mahallasiga yashovchi tanishi T.A.ni yashash uyidan olib, Urgut shahridagi istirohat bog‘iga aylanish maqsadida ketayotgan vaqtda, shu mahallada yashovchi bir necha fuqarolar «Damas»ni qisib to‘xtatgan. So‘ng ularni sababsiz urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Qayd etilishicha, tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan, voqea joyiga IIB xodimlari zudlik bilan yetib borib, fuqarolarni tinchlantirayotgan vaqtida, bir guruh fuqarolar IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid