Kun.uz Afğonistondagi sönggi siyosiy özgarişlar böyiça siyosatşunos, «Bilimlar karvoni» NNM direktori Farhod Tolipov bilan intervyu uyuştirdi.

— Hozirda «Tolibon» tomonidan berilayotgan va'dalar qançalik darajada bajariladi deb öylaysiz?
— Toliblar hokimiyatni töla egallay olmaydi, çunki ular davlatni boşqariş dasturiga ega emas. Şu paytga qadar ular faqat uruş olib boriş bilan şuğullangan. Davlatni qanday boşqaradi, xalq talablari va ehtiyojlarini qanday qondiradi, bilmaymiz. Natijada ular doim xalqning noroziligiga uçrayveradi.
Ular kuç bilan hokimiyatga kelişi mumkin, ammo bu hokimiyatni saqlab qoliş uçun yetarli emas. 90-yillarda ular hokimiyatda bölganida Şimoliy Alyans va «Tolibon» orasida uruş bölganini eslaylik. Agar toliblar zöravonlik bilan tartib örnatmoqçi bölsa, unda nafaqat afğonistonliklar, balki xalqaro hamjamiyat ham ularga qarşi çiqadi.
— «Tolibon»ning hokimiyatga kelişida Pokiston qançalik ta'sir ötkazdi?
— «Tolibon» harakati hokimiyat uçun kuraş olib bormayotgan, hali mujohidlar harakati mavjud bölgan paytlarda ham Pokistonning ta'siri va roli juda katta bölgan. «Tolibon» – asli Pokiston hududida paydo bölgan va şakllangan harakat. Köpçilik ekspertlar Pokiston razvedka xizmatining bevosita va bilvosita «Tolibon»ni qöllab-quvvatlaşini ta'kidlaşadi. Tarixga nazar taşlasak ham, «Tolibon» 90-yillarda hokimiyatga kelganda Pokiston ularni birinçilardan bölib rasmiy davlat sifatida tan olgan. Öşa davrdan boşlab to bugungaça «Tolibon»ga Pokiston har tomonlama yordam berib keldi. Şu sabab köpçilik «Tolibon»ning hokimiyatni egallaşini bevosita Pokistonning ğalabasi sifatida e'tirof etmoqda. Katta ehtimol bilan, kelajakda ham toliblar özaro nizo oqibatida bölinib ketmasligi uçun ularni Pokiston harbiy va siyosiy jihatdan qöllab-quvvatlaydi.
— AQŞ va boşqa Ğarb davlatlari nega «Tolibon»ning hokimiyatga kelişiga deyarli qarşilik körsatmadi? Buni qanday izohlaş mumkin?
— Avvalo, şuni ta'kidlaş kerakki, birinçi örinda sobiq rasmiy hukumat qurolli kuçlarining özi «Tolibon»ga qarşilik körsatmadi. Bu biz uçun oçiq savol bölib qolmoqda. Çunki 20 yil davomida mamlakatda Ğarb davlatlari moliyaviy imkoniyatlari va harbiy mutaxassislari iştirokida harbiy tizim yaratilgandi. Ularning deyarli qarşiliksiz taslim bölişi ğayritabiiy. Umuman, mağlubiyatga uçraşdi degan termin ham vaziyatga mos emas. Uruş bölganda qaysidir tomon mağlubiyatga uçraşi mumkin, afğon harbiylari esa şunçaki taslim bölişdi. Hozirgi kunda ekspertlarda bu yerda oldindan qandaydir kelişuv bölmaganmikan, degan şubhalar paydo bölmoqda. Xöş, bu reja bölsa, bundan nima közlangan edi, degan mavhumlik bizni öylantiradi.

















