Biz öquv qurollari sotib olişda nimalarga e'tibor beriş lozimligi borasida Andijon şahar 55-umumta'lim maktabi psixologi Xonzodabegim Aliyevaga murojaat qildik.

Aliyevaning qayd etişiça. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil iyundagi 146-sonli qarori bilan ta'lim muassasalari uçun xavfsiz poligrafiya va öquv qurollari işlab çiqariş haqidagi umumiy texnik reglament tasdiqlangan. Mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotlar mazkur reglament asosida realizatsiya qilinadi.

“Öquv qurollari sotib olayotganda ota-ona farzandining yoşi, sinfi, xarakter xususiyatlari va albatta, anjomlarning sifatiga e'tibor qaratişi lozim”, – deydi maktab psixologi.

Mutaxassisning aytişiça, maktab sumkasining hajmi öquvçining tana ölçamlariga mos va uning uçun taqişga qulay bölişi, şu bilan birga, sumkaga yetarli miqdorda öquv qurollari va darsliklar siğişi kerak.

Ust qismi turli çalğituvçi suratlardan xoli bölgan sumkalarni sotib oliş maqsadga muvofiq.

Daftarlarni sotib olişda qaysi jihatlarga e'tibor beriş kerak?

Boşlanğiç sinflarda 9-10 ta öquv fanlari borligini hisobga olib, öquv yili boşlanişiga 20 taga yaqin daftar sotib oliş maqsadga muvofiq.

Daftarlarni sotib olayotganda ularning muqovasida diqqatni jalb qiluvçi turli suratlar tuşirilgan daftarlarni sotib olmaslikka harakat qiling. Daftar varaqlarining qalinligi va mavjud çiziqlarning aniqligiga, umuman mahsulot sifatiga ham e'tibor qaratiş kerak.