Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida ekologiya muammolariga bağişlangan yiğilişda Samarqand viloyatidagi Zarafşon qöriqxonasidagi holat ham muhokama etildi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Zarafşon qöriqxonasidagi vaziyat haqida ma'lumot berdi va özi bu yerdagi muammolardan şu paytgaça bexabar bölganini, endi jiddiy şuğullanişini bildirdi.
«Vaziyat bunday oğirlaşib ketişiga birinçi navbatda hokimlar aybdor. Bularni aytgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini hamma yomon köradi. Lekin men ularni yaxşi köraman, çunki bor muammolarni boriça aytişadi.
Daraxt qolmadi, quş qolmadi qişloqda! Özing [E. Turdimovga qarata] ösgan Qöşrabotda qaldirğoçsiz uy yöq edi, qani şular?
Ekologiya rahbarini işdan oldim, boş vazir boşçiligida butun tizim yangilanadi, kerak bölsa subsidiyalar beramiz», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident Samarqand şahri markazini köçiriş böyiça qilinayotgan çora-tadbirlar haqida ham gapirdi.
Samarqand şahri markazi turistik markaz bölişi kerakligi, sayyohlar va şahar aholisi tarixiy hududda erkin nafas olişi zarurligi ta'kidlandi.
Bundan avvalroq Kun.uz saytida Zarafşon daryosi karerlar faoliyati (foydali qazilma va qum-şağalni oçiq usulda qazib oladigan korxona) tufayli qurib borayotgani, bundan atrofdagi hududda ekologik holat yomonlaşib borayotgani haqida maqolalar e'lon qilingandi.
Tabiatni yengayotgan qurilişlar. Zarafşon daryosi taqdiri nega heç kimni öylantirmayapti?
Inson omili sabab quriyotgan Zarafşon daryosi: bunga mas'ul organ topilmayapti

















