Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi 5-sonli davlat maktabgaça ta'lim taşkilotining kasallangan tarbiyalanuvçilari salomatlik holati yuzasidan ma'lumot berildi.
Maktabgaça ta'lim vazirligi Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi 5-sonli maktabgaça ta'lim taşkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvçilar salomatligi töğrisida ma'lumot taqdim etdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 23 avgust 16:00 soat holatiga köra, bemor bolalardan qöşimça 2 nafariga qoniqarli ahvolda uyiga ruxsat berildi.
Tibbiyot muassasalarida jami 5 nafar tarbiyalanuvçi davolanmoqda, 1 nafarining holati oğir, 1 nafarining holati örta oğir, 3 nafar bemorning holati örtaça baholanib, dinamikada soğaymoqda, deyiladi ma'lumotda.
Eslatib ötamiz, Oqqörğon tumanidagi boğçada 12 avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, şifoxonaga yotqizilgandi. 13 avgust kuni tibbiyot muassasalariga yotqizilgan tarbiyalanuvçilar soni 30 nafarga yetgandi.
Boğça tarbiyalanuvçilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

















