Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaroning 11 ming dollar pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaroning 11 ming dollar pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro X.A. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat qilgan. U murojaatida, tanishi M.Mo‘minov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ishlashini aytib, unga uy-joy olib berishni va'da qilib 11 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olganini bayon qilgan.
Agentlikning shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, taqdim qilingan hujjatlar asosida Yakkasaroy tuman IIB tomonidan fuqaro M.Mo‘minovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026