Prezident ekologiya muammolariga bağişlangan yiğilişda çiqindilarni yiğiş va qayta işlaş masalasiga ham töxtalib ötdi. Bu borada davlat-xususiy şeriklik yölga qöyilgan joylarda tartib yaxşilangan.
«Çiqindilarni yiğiş va qayta işlaş böyiça yöl qöyilgan qoloqliklar yil yakuniga qadar bartaraf etilişi şart. Misol uçun, Namangan şahar, Töraqörğon, Mingbuloq va Namangan tumanlarida xususiy şeriklik tizimi töliq özini oqlagan. Jumladan, uşbu hududlarda aholini sanitar tozalaş xizmatlari bilan qamrab oliş darajasi, ötgan 6 oyda 79 foizdan 92 foizga yetib, tuşumlar 2 baravarga oşgan.
Yoki Farğonada ham xususiy şeriklar tomonidan 7 milliard sömlik investitsiya jalb qilinib, vodiyda ilk bor çiqindilarni saralaş zavodi işga tuşirilgan.
Endi hududlarda çiqindi masalasi bilan viloyat hokimlari şaxsan şuğullanadi, sörov ham ulardan böladi», dedi davlat rahbari.
Viloyat hokimlari kelgusi yilda sohada xususiy sektor uluşini 60 foizga yetkaziş va 6,5 mingta yangi iş örinlari yaratişga şaxsan mas'ul böladi.
«Yana bir masala – tibbiyot çiqindilarini qayta işlaşga ham xususiy şeriklarni jalb qilib, 27 ming tonna xavfli tibbiyot çiqindilarini yöq qilişni yölga qöyiş zarur.
Uç oy muddatda tibbiyot çiqindilarini qayta işlaşda kamida 5 ta xususiy şeriklarni aniqlab, loyihalarni boşlansin. Ekologiya sohasida ilm va innovatsiyalarni rivojlantiriş zarur», dedi prezident.
Ilm va innovatsiyalar har bir sohada zarur. Lekin bugungi kunda Ekologiya qömitasi tizimidagi 2 mingdan ortiq xodimlarning atigi 10 foizi mutaxassis hisoblanadi.
Şu bois, qömita huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillaştiriş, olimlar va kadrlar tayyorlaşni rivojlantiriş böyiça körsatmalar berildi.
Buning uçun mazkur ilmiy-tadqiqot instituti zamonaviy texnika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi. Doktoranturaga kvotalar 2 baravar oşiriladi. Institutda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi böyiça ilmiy darajalarni beruvçi Ilmiy kengaş taşkil etiladi.











