Qayd etilişiça, texnik çigitni qayta işlaşga ixtisoslaşgan 303ta yoğ-moy korxonasining 77tasi paxta texnik çigitini qayta işlaş uçun belgilangan talablarga muvofiq, 226tasi esa korxona faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emas.

Jumladan, 35 korxona heç qanday texnologik uskuna bilan jihozlanmagan. Şuningdek, ularning 52tasida faqat presslaş uskunasi mavjudligi, 13tasida ekstraksiyalaş uskunasi yöqligi, 126 korxona esa töliq texnologik siklga ega emasligi aniqlandi.

Mazkur kamçilik va qonunbuzilişlar yuzasidan korxonalarga nisbatan jami 402ta, şu jumladan, 45ta ogohnoma, 350ta körsatma va 7ta taqdimnoma ta'sir çoralari körilib, yoğ-moy korxonalariga oid töplangan 36ta material huquqni muhofaza qiliş organlariga yuborilgan.