Moskvadagi hostellardan birida migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. RT telegram-kanalida mushtlashuv tasvirlangan videolavha joylashtirildi.
Moskva shahar IIV bosh boshqarmasining ma'lumot berishicha, voqea Admiral Kornilov ko‘chasidagi hostelda yuz bergan. Politsiya yigirmadan ortiq kishini qo‘lga olgan.
Barcha tartibbuzarlarga nisbatan 12 sutkalik qamoq jazosi tayinlangan. Bundan tashqari, ulardan besh nafarini Rossiyadan deportatsiya qilish masalasi ko‘rilmoqda.
Iyul oxirlarida ham Moskvada 30dan ortiq xorij fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergandi.















