Jambil oblastida portlaş sodir böldi. Mudofaa vazirligining ma'lum qilişiça, harbiy qismdagi omborda yonğin kelib çiqqan, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Xabarda aytilişiça, Jambil oblasti Bayzaq rayonida joylaşgan harbiy qism ombori yaqinida yonğin kelib çiqqan. Yonğin oqibatida portlaş sodir bölgan.

“Yonğinni öçirişga harbiy qismning öt öçiriş jamoasi jalb etildi. Ularga Jambil oblasti favqulodda vaziyatlar xizmatining öt öçiruvçilari yordam bermoqda”, – deyiladi Qozoğiston Mudofaa vazirligi xabarida.

Xabarda aytilişiça, yonğinni öçiriş işlari davom etmoqda. Voqea joyiga Mudofaa vazirligining maxsus komissiyasi yöl olgan.