2021 yil 1 iyundan boşlab, Qozoğiston tomonidan import qilinadigan kabel-sim mahsulotlariga 5 foiz miqdorida utilizatsiya yiğimi joriy qilindi hamda 2022 yildan boşlab bu yiğim 10 foiz miqdorida özgarişi belgilandi.

Utilizatsiya yiğimi – ekologik xavfsizlikni ta'minlaş, fuqarolar soğliğini va atrof-muhitni himoya qiliş maqsadida ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va şunga öxşaş texnikalar va mahsulotlarni işlab çiqariş yoki mamlakatga olib kiriş uçun joriy qilinadi.

Mazkur tartibga asosan, Qozoğistonda faoliyat yuritadigan kabel-sim mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan tölangan utilizatsiya yiğimi davlat tomonidan töliq qaytarib beriladi. Demak, mazkur utilizatsiya yiğimi faqatgina import qilinadigan kabel-sim mahsulotlari uçun joriy qilingan.

Hukumat tomonidan mazkur tartibni joriy qiliş uçun asosiy maqsad sifatida ekologik muhitni kabel-sim mahsulotlari çiqindilaridan asraş körsatib ötilgan hamda Qozoğiston Ekologiya kodeksiga yangi “ekologik xavfsiz kabel-sim mahsuloti” atamasi kiritilgan.

“Özeltexsanoat” uyuşmasining ma'lum qilişiça, joriy yilning dastlabki 7 oyi davomida Özbekiston korxonalari Qozoğistonga 10,7 million dollarlik kabel-sim mahsulotlarini eksport qilgan. Iyul oyidan utilizatsiya yiğimining joriy qilinişi eksport mahsulotlarining narxini oşirib, raqobatbardoşligini kamaytirişi mumkin.

Özbekiston kompaniyalari uçun Qozoğistonga mahsulot eksport qiliş birmunça qulay. Bundan taşqari, hukumat Markaziy Osiyo mamlakatlariga kabel-sim mahsulotlarini eksport qiluvçi hamma kompaniyalarning transport xarajatlarini qoplab beriş majburiyatini olgan.

Bunga qadar sim-kabel mahsulotlari uçun Markaziy Osiyoning heç qaysi davlatida utilizatsiya yiğimi mavjud emasdi.

Bu qaror yuzasidan Rossiya Elektr kabel uyuşmasi va Belorusning köplab korxonalari Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasiga Qozoğiston tomonidan ittifoqçi şeriklar uçun himoya çorasini yaratiş töğrisida ariza bilan çiqişgan.