Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida iyun oyida öldirilgan şaxsning qarindoşlari prokuror qabuliga borib mojaro kötargani haqida video tarqalgan. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinişiça, joriy yil 27 avgust kuni Çiroqçi tumani «Tarağay» MFY hududidagi maktabda tuman 4-sektor rahbari tomonidan 25 avgust kuni şu mahallada sodir bölgan qotillik yuzasidan muhokama yiğilişi taşkil etilgan. Muhokamada tuman IIB boşliği va mutasaddi taşkilotlar xodimlari qatnaşgan. Unda prokuratura organlari xodimlari bölmagan.
Qayd etilişiça, 2021 yil 21 iyun kuni «Langar» MFYda yaşovçi J.N. tomonidan öldirilgan A.J.ning yaqin qarindoşlari olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozi bölib şu yerda bölgan mutasaddilarga murojaat qiliş uçun kelişgan.
Munosabatda yozilişiça, A.J.ning öldirilişi yuzasidan uning qarindoşlari keltirayotgan vajlar viloyat prokuraturasi tomonidan 6 marotaba qabul qilingan. Tergov tekşirişlari davomida ularning vajlari tekşirilib, tasdiğini topmagan.
Ta'kidlanişiça, A.J.ning ölimi yuzasidan J.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Hozirda Çiroqçi tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat işining tergovi viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.
















