O‘zbekiston | 09:44 / 29.08.2021
2031
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshi shahrida 15 nafar tadbirkorning «snos» bo‘yicha qarzlari to‘liq qoplab berildi

Qarshi shahrida 15 nafar tadbirkorning «snos» bo‘yicha qarzlari to‘liq qoplab berilgan. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 28 iyun kuni Qarshi shahrida 15 nafar tadbirkorga buzilgan mulklari to‘lovidan qolgan 2 milliard 182 million so‘m kompensatsiya mablag‘lari to‘liq to‘lab berilgan. Ularni shahar hokimi Normo‘min Xolboyev o‘z egalariga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 20 avgust kuni prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida viloyat hokimlariga 1 sentyabrgacha bino hamda inshootlari buzilgan va hozirga qadar kompensatsiya pullarini ololmay yurgan tadbirkorlarga «snos» bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq qoplash topshirig‘i berilgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid