Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste'fosini qabul qildi, deb xabar berdi Töqayevning matbuot kotibi Beria Uali.

«Prezident Qosim-Jömart Töqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste'foga çiqiş töğrisidagi arizasini qabul qildi», — deb yozdi Uali Facebook sahifasida.

Yermekbayev Qozoğiston janubidagi harbiy qism omborida yuz bergan portlaşlardan söng iste'foga çiqdi.

TASSning xabar berişiça, Yermekbayevning örniga uning birinçi örinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

26 avgust kuni Jambil oblasti Bayzak rayonida joylaşgan 28349-harbiy qism omborida sodir böldi.

Portlaş va yonğin oqibatlarini bartaraf qiliş vaqtida 15 kişi halok bölgan va 100ga yaqin kişi jarohatlangan.