Özbekiston milliy jamoasi hujumkor yarimhimoyaçisi Jasur Yaxşiboyev faoliyatini Moldovada davom ettiradi. Yaxşiboyev YeÇL guruh bosqiçida iştirok etadigan «Şerif» jamoasiga ötdi.

Klub rasmiy saytida yozilişiça, Yaxşiboyev tibbiy körikdan ötib, şartnoma imzolagan. 24 yoşli futbolçi «Şerif»ga Polşaning «Legiya» klubidan ötdi. U oldinroq «Energetik-BGU» va «Şaxtyor» kabi Belarus klublarida ham öynagan. Futbolçi «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi.

Ma'lumot uçun, «Şerif» Moldova klublari tarixida birinçi bölib Yevropa Çempionlar Ligasi guruh bosqiçiga yöllanma oldi. Moldova klubi guruh bosqiçida «Real», «Inter» va «Şaxtyor» jamoalari bilan bahslaşadi. 29 sentyabrda Yaxşiboyev jamoasi Madridda «Real»ga qarşi öynaydi. YeÇLdagi iştirokini esa 15 sentyabr kuni «Şaxtyor»ga qarşi öyin bilan boşlaydi.