Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV «Tolibon» Afg‘onistonda o‘zbek tilini maktab dasturidan chiqarib tashlagani haqidagi xabarlarni rad etdi
Turli ijtimoiy tarmoqlarda "Tolibon" harakati Afg‘onistonda o‘zbek tilini o‘rganishni maktab dasturidan chiqarib tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu ma'lumot yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
“Shu kunlarda “tahlilchi” Anvar Nazir ijtimoiy tarmoqlarda “Tolibon” harakati go‘yoki Afg‘oniston hududida maktab dasturidan o‘zbek tilini olib tashlagani haqidagi yangilikni joylashtirdi.
Bundan kelib chiqqan holda, ushbu shaxs Afg‘onistonda Amir Temur, Shayboniyxon, Boborahim Mashrab, Mahmud G‘aznaviy, Abu Rayhon Beruniy merosining o‘rganilishi hamda navoiyshunoslikning ham taqiqlangani haqida xulosa qiladi.
Shuni ma'lum qilamanki, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakilining “Tolibon” harakati rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida ushbu axborotning haqiqatga zidligi ta'kidlandi”, deb ma'lum qildi O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov.
Bildirilishicha, “Tolibon” vakili o‘zbek tili, pushtu va dariy tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqlagan.
“O‘zbek tilini o‘rganish va rivojlantirishga, toliblar rasmiy vakilining ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat yangi rahbariyati alohida e'tibor qaratadi.
Ba'zi bilimsiz “tahlilchi” va jurnalistlarning shubhali shov-shuvlar va “qaynoq fakt”lar ilinjida ochiqdan ochiq buzib ko‘rsatilgan va yolg‘on axborotlarni tarqatayotgani esa afsuslanarli holatdir”, deyiladi TIV bayonotida.
Bundan oldin, TIV O‘zbekiston qochqinlar uchun chegarani ochishi haqida tarqalgan xabarni rad etgandi.
Mavzuga oid
09:05
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026