Jahon | 15:09 / 03.09.2021
11244
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy hukumati telekanallarga «ayolsifat erkaklar»ni ko‘rsatishni taqiqladi

Mamlakat hukumatining fikricha, pop-yulduzlar va aktyorlarning o‘zlariga oro berishlari yosh xitoyliklarning haqiqiy erkaklik sifatlariga putur yetkazadi.

Foto: Getty Images

Xitoyda tashqi ko‘rinishi ayollarga o‘xshaydigan erkaklarni televideniye orqali ko‘rsatish taqiqlandi. Bu haqda AP News xabar bermoqda.

Telekompaniyalarga ko‘rsatuvlarda «ayolsifat erkaklar» va boshqa «estetikaga zid harakatlar» namoyish etilishiga yo‘l qo‘ymaslik buyurildi.

Mamlakat hukumatining fikricha, pop-yulduzlar va aktyorlarning o‘zlariga oro berishlari yosh xitoyliklarning haqiqiy erkaklik sifatlariga putur yetkazadi. Telekanallar shouga aktyorlarni tanlashda ularning tashqi ko‘rinishi va o‘zini tutishiga qat'iy e'tibor qaratishi belgilab qo‘yildi.

Hukumat shuningdek, boylik va shon-shuhratni targ‘ib qilishni ham taqiqladi. Shuningdek, odamlarning shaxsiy hayotini muhokama qilishga ham taqiq qo‘yildi.

Qayd etilishicha, bu mamlakat qadriyatlariga ziddir. Buning o‘rniga «Xitoy an'anaviy madaniyati, inqilobiy madaniyati va sotsializmning ilg‘or madaniyati»ni aks ettirish belgilab qo‘yildi.

Xitoyda avvalroq maktab o‘quvchilarining o‘qish kunlarida onlayn o‘yinlar o‘ynashi taqiqlangandi.

Mavzuga oid