Manbaning ma'lum qilişiça, bugun 5 sentabr kuni tonggi M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan ötuvçi 1283-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Mazkur yölda harakatlanib kelayotgan Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi şaxsga tegişli Nexia maşinasi boşqaruvni yöqotib 15 metr çuqurlikdagi jarlikka qulagan.

Kun.uz manbasiga köra, mazkur yöl-transport hodisasiga Nexia maşinasi yuqori tezlikda harakatlangani sabab bölgan. Hodisa oqibatida heç kim vafot etmagan. Haydovçi tan jarohatlari olgan.

















