Qaşqadaryo viloyati Kitob tumani va Samarqand viloyati Urgut tumani hududida joylaşgan Taxtaqoraça dovonida 6-7 sentabr kunlarida avtomobillar harakati ma’lum muddatlarga çeklanadi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 6-7 sentyabr kunlari Qaşqadaryo viloyat FVBning tomonidan M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Kitob tumanidan ötuvçi 1136-1146-kilometrlarida joylaşgan Taxtaqoraça dovonida maxsus taktik öquv maşğulotlari ötkaziş rejalaştirilgan.
Öquv rejasiga köra, fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlaş maqsadida dovonda yöl çetidagi köçki va toş qulaş xavfi mavjud bölgan hududlarda tegişli muhandislik-texnik tadbirlar amalga oşirilişi belgilangan.
Şu munosabat bilan 6-7 sentabr kunlarida mazkur dovondagi yölda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatlarda fuqarolar hamda transport vositalari harakatiga çeklov örnatiladi va yöl yopiladi. Çeklovlar bir kunda 2 va 3 marotaba 30 yoki 40 minutdan davom etadi.

















