Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston musulmonlari idorasiga yangi rais - muftiy tayinlangani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Toşkent şahar vakilligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, muftiy etib tayinlangani aytilayotgan Nuriddin Xoliqnazarov ayni damda öz lavozimi – Toşkent şahar boş imom xatibi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Nuriddin Xoliqnazarov 2019 yil avgustida Rahimberdi domla Rahmonov örniga Toşkent şahri boş imomi lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyul oyida davolaniş uçun Moskvaga olib borilgan muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni 71 yoşida oğir xastalikdan söng vafot etgani xabar qilindi. U 2006 yildan buyon Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida işlagandi.
16 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi bir guruh amaldorlar ta'ziyali xonadonga taşrif buyurib, marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildirgan. Şu kuni Samarqand viloyatining Iştixon tumanida marhumning janoza namozi öqilgan va ta'ziya marosimi bölib ötgan edi.












