Qayd etilishicha, ushbu telekanallarni televizordan topish uchun “avtoqidiruv” (avtopoisk) tugmasini bosish lozim. Telekanallar ro‘yxatida “1-4-sinflar”, “5-8-sinflar”, “9-11-sinflar” telekanallari paydo bo‘ladi. 

"Onlayn maktab" loyihasi orqali vaqtincha maktabga bormayotgan bolalar darslarini o‘zlashtirib borishlari mumkin.

Ma'lum qilinishicha, ushbu darslar Xalq ta'limi vazirligining “Online-Maktab” loyihasining rasmiy kanali orqali ham berib boriladi.

Avvalroq, maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq an'anaviy shaklda boshlanishi, vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar ham yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.